Moskvada uchta vokzal maydonida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Kecha kechqurun qutqaruvchilar yong‘in sodir bo‘lgan vayronalar ostidan yana ikki kishining jasadini topdi. Qurbonlar soni 7 kishiga yetdi, deb xabar beradi Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ikki qavatli g‘isht ombori binosida sodir bo‘lgan. “TASS” xabariga ko‘ra, bu binoda mebel, yoritkichlar va gul do‘koni joylashgan.

Yong‘in yo‘lovchilarga tahdid solmagan va poyezdlar harakatiga ta’sir qilmagan deya ma’lum qildi «Rossiya temir yo‘llari».

Ayni paytda yong‘in o‘chirilgan.