Moskvada yana dronlar hujumi, bu safar ham poytaxt aeroportlari vaqtincha yopildi
22 avgustga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva yaqinida ikkita hujumchi uchuv apparatini urib tushirgan. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin ma’lum qiladi, deb yozadi TASS.
Manbaga ko‘ra, dronlar Moskva viloyatining Vastov va Krasnogorsk tumanlarida urib tushirilgan. Krasnogorskda dron qulashi paytida portlash to‘lqini ko‘p qavatli uy oynalarini sindirgan, avtomobillarga zarar yetkazgan, aholi orasida jabrlangan yo‘q, yong‘in bo‘lmadi, deyiladi rasmiy xabarda.
Vnukovo, Sheremetevo va Domodedovo aeroportlari reyslarni qabul qilmagan, chiqish reyslari ham qoldirilgan. Aeroportlarning onlayn tablosiga ko‘ra, ba’zi reyslar boshqa shaharlarga, biri Jukovskiy aeroportiga ko‘chirilgan.
Keyinroq aviatsiya xizmatlari Moskva havo tuguniga kiruvchi Sheremetevo va Domodedovo parvozlarni qabul qila boshlagani haqida xabar berdi. Oldinroq ham Moskva aeroportlari vaqtincha yopilgan edi.