Munosabat: Oqova quduq qopqoqlari o‘rnatildi

Bir necha soat oldin kanalimizda "Oqova quduq qopqoqlari o‘g‘irlab ketilmoqda" sarlavhali xabar e’lon qilingan edi. Samarqang shahar hokimligi holatga munosabat bildirdi.

“Mazkur xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, muammo mas’ullar tomonidan tezda joyiga borib o‘rganildi va Kimyogarlar qo‘rg‘oni Narpay ko‘chasi bo‘ylab o‘rnatilgan oqova quduq qopqoqlari haqiqatan ham yo‘qligi aniqlandi.
Shundan so‘ng xabarda aytilgan muammo bartaraf etilib, quduq qopqoqlari joyiga qayta o‘rnatildi.

Shu o‘rinda hamshaharlarimizdan barcha turdagi quduq qopqoqlarini asrab-avaylashga va xufyona olib ketish holatlariga guvoh bo‘lganlarida mas’ul tashkilotlarga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.