Murojaatnomaning mazmun-mohiyati aholiga yetkazilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining rais o‘rinbosari Ulug‘bek Vafoyev Payariq tumanida saylovchilar bilan uchrashdi.
Muloqot jarayonida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida aytib o‘tilgan muhim fikrlar mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.
- Muloqot davomida joriy yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilinishi zamirida amalga oshiriladigan ishlar, xususan, faollar va jamoatchilik bilan hamkorlik zarurligi ta’kidlandi, - deydi XDP viloyat Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati B.Nasriyev. - Mahalliy Kengashlar deputatlariga katta vakolatlar berilishi, ijtimoiy muammolar joylarda hal etilishiga imkon yaratishi saylovchilarni befarq qoldirmadi.
Saylovchilar bilan uchrashuv jarayonida sog‘liqni saqlash, qurilish sohalarida rejalashtirilgan ijobiy o‘zgarishlar bayon etildi. Ularni qiynab kelayotgan masalalar yechimi yuzasidan fikrlashildi.