Mutaxassis qahva haqidagi mashhur afsonani rad etdi
Qahva yurak og‘rig‘idan aziyat chekadiganlar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu fikrni shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov "Rossiya-1" telekanali efirida bildirdi.
Shifokor odamlarga ichimlikdan voz kechmaslikni maslahat berdi. Ammo bunda chegarani unutmaslikni uqtirdi.
"Qahvani me’yorida ichadigan odamlarda yurak xuruji, aritmiya kam uchraydi deyilgan ilmiy ishlar mavjud", dedi Myasnikov.
Shifokor kuniga ikki-uch stakandan ko‘p bo‘lmagan holda kofe ichish mumkinligini aytdi. Jigar muammosi bo‘lgan odamlar to‘rt porsiya ichimlikdan bahramand bo‘lishi mumkin. Kofe jigarni tiklashga yordam beradi, deya ta’kidladi Myasnikov.
Mutaxassis, shuningdek, podagra, parkinson kasalligi va osteoporozda kofe tavsiya qildi, uning saratonga qarshi ta’sirini tasdiqladi.
U eriydigan qahvaning zarari haqidagi ma’lumotlarni ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya xulosa qildi.
G.Xoldorova tayyorladi.