Mutaxassislar nima deydi: Ta’tildan so‘ng bola maktabga borishni istamasa qanday yo‘l tutish kerak?
Yoz shiddat bilan o‘tdi. Farzandlarimiz uchun betashvish ta’til oylari tugab, yangi o‘quv yili eshik qoqyapti! Bu esa yozdagi ancha erkin kun tartibidan sergaklanish kerakligini bildiradi. Qanday qilib dam olish kunlari yakunini yengil qabul qilish va ta’tildan keyin bolani maktab o‘quv tartibiga qaytarish haqida fikr yuritamiz.
Bugundan boshlab bolalar uchun uyqu jadvaliga rioya qiling. Darhaqiqat, ko‘pincha maktabga qaytishni istamaslik, boshqa bahonalar qatori, erta uyg‘onish "azobi" bilan bog‘liq. Shuning uchun bolani oldindan tayyorlashga harakat qiling. Shubhasiz, bola 21:00 da uxlashni istamasligi mumkin. Shunday bo‘lsa ham farzandingizdan odatdagidan vaqtliroq yotishni so‘rang. Bola yotgan zahoti uxlab qolmasa ham, kunduzgi mashg‘ulotlarni erta tark etadi va ruhiy, jismoniy hordiq chiqaradi.
Ikkinchidan, bolani ruhan qo‘llab-quvvatlash. Unda ishonch hosil qiling. Uni juda yaxshi tushunayotganingizni bildiring. Bolaligingizda yozgi ta’tillar tugashini qanchalik istamaganingizni eslang.
Uchinchidan, rag‘batlantirish. Maktab uchun yangi sotib olingan qalam qutisi, ruchkalar, daftarlar - odatda bu xaridlar bolalarga quvonch va tezroq maktabga qaytish istagini uyg‘otadi. Farzandingizga imkoni boricha o‘ziga kerak bo‘lgan hamma narsani o‘zi tanlashiga ruxsat bering. Unga uyda dars tayyorlash uchun qulay sharoit yarating.
To‘rtinchidan, bolangizga maktab nafaqat yoqimsiz erta uyg‘onish va uy vazifalari balki ta’tilda ko‘rmagan do‘stlari bilan uchrashuv, yangi qiziqarli fanlar ekanligini eslating. Farzandingiz o‘z ta’tili haqida do‘stlariga qanday qiziqarli narsalarni aytib berishini muhokama qiling.