Muzlayotgan migrantlar yordam so‘ramoqda
Bosniya va Gersegovinaning shimoli-g‘arbida, yaqinda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida xaroba holatga kelgan lagerda istiqomat qilayotgan yuzlab muhojirlar xalqaro tashkilotlardan yordam so‘ramoqda.
Ularning Xorvatiya chegarasi orqali Yevropa ittifoqiga noqonuniy kirishga muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng Bixach yaqinidagi Lipa lagerida ayovsiz azoblarga solinmoqda. Yuzlab migrantlarning Xorvatiya chegarasi orqali Yevropa ittifoqiga noqonuniy kirishga muvaffaqiyatsiz urinishlari shu yerda yakunlandi.
«Biz hayvondek yashayapmiz. Hatto mollar ham bizdan yaxshiroq yashaydi. Shuning uchun, BMT va Xalqaro Migratsiya tashkilotlaridan bizga yordam berishlarini iltimos qilaman. Chunki ular yordam bermasa, biz nobud bo‘lamiz. Iltimos, bizga yordam bering», deydi pokistonlik Qosim ismli muhojir.
Muhojirlarning Sharqdan G‘arbiy Yevropaga kelish orzulari Xorvatiya chegarasida chil-parchin bo‘ldi. Bosniya hukumatining ular uchun mamlakatda doimiy maqom berishga urinishlari mahalliy aholi o‘rtasida noroziliklar uyg‘otdi. Yevropa ittifoqi rasmiy Sarayevoni migrantlarni isitiladigan boshpana bilan ta’minlashga chaqirdi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.