Muzlikda tarvuz
Antraktidada million yillardan buyon tayinli hech narsa o‘smaydi. U yer-bu yerda ba’zan maysa uchrab qolishi mumkin, lekin u ham doim shunday emas. Biroq rossiyalik qutbchilar muzlikda ekin ekish yo‘lini topdi.
Ular Antraktida stansiyasi sharoitida haqiqiy tarvuz yetishtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Tajriba Rossiyaning Antraktidadagi «Vostok» stansiyasida o‘tkazildi. Jarayon juda murakkab edi, muzlikda ekin ekish, yana deng issiqsevar tarvuz yetishtirish aqlga sig‘masdi. Shuning uchun stansiya ichida ko‘katxonadan foydalanildi, changlanish sun’iy usulda o‘tkazildi. Natijada qutbchilar kattaligi choynakday, og‘irligi 1 kilogramm keladigan 8 ta tarvuz yetishtirdilar. Shuning o‘zi katta gap edi. Negaki, hali muzlikda bungacha hech kim tarvuz ekishga muvaffaq bo‘lmagan.
T.Shomurodov tayyorladi.