Najimning hayotini saqlab qolaylik! Har bir daqiqa g‘animat!

Ayni damda Samarqand viloyati Payariq tumani, Zarafshon mahallasidagi Karimovlar oilasi uchun har bir daqiqa g‘animat. Oilaning to‘ng‘ich o‘g‘li, hali endigina o‘ttiz yoshni qarshi olgan Najim Karimov uch yildan buyon buyrak qurishi xastaligi bilan kurashib kelmoqda.

Bugun uning ikkala buyragi ham qurib qolgan. Najim Karimovni ota-onasi har ikki kunda gemodializ muolajasiga olib boradi. Buning uchun kamida 300-400 ming so‘m sarflanadi.

Ayni paytda Najimning otasi o‘z buyragini o‘g‘liga bermoqchi. Operatsiya uchun esa 50 million so‘m mablag‘ juda zarur. Qolgan mablag‘ni qarindosh-urug‘ baholi qudrat yig‘ib bergan. Ikki qizaloqning otasi bo‘lgan Najim uchun ushbu pullar ayni damda suv va havodek kerak.

Ehtimol, bugun ko‘pchilik yurtdoshlarimiz saxovat tilab yozilgan bu kabi axborotlar, postlarga ko‘pam e’tibor bermas. Kimdir “ular ko‘p, qaysi biriga yordam qilish mumkin” deydi. Yana kimdir “rostmikan o‘zi, bu gaplarga ishonsa bo‘ladimi”, degan shubhaga boradi. Ammo Karimovlar oilasi bu shubhalardan xoli. Tahririyatimiz vakillari ushbu oilaning ahvolini o‘rganib kelishdi.

Butun oila yurtdoshlarimizning saxovatidan umidvor. Yosh yigitning oyoqqa turishi shunday saxovatpesha vatandoshlarimizga bevosita bog‘liq.