“Narpay ko‘chasi – Kimyogarlar qo‘rg‘oni” yo‘nalishidagi tramvay yo‘li qurilishida daraxtlarga ziyon yetkazilmaydi

Samarqand shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi xodimlari Samarqand shahar Narpay ko‘chasidan, Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha bo‘lgan masofada yangi qurilishi loyihalashtirilgan avtomobil va tramvay yo‘li yoqasidagi mavjud daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarini yakuniga yetkazdi.

Xatlov davrida 138 dona chinor, 174 dona archa, 94 dona yasin, 91 dona klyon, 39 dona kashtan, 102 dona yong‘oq, 219 dona tut hamda 360 dona har xil turdagi mevali daraxtlar ro‘yxatga olindi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad loyiha ishlarini amalga oshirish jarayonida hech bir daraxtga ziyon yetkazmasdan, ularni saqlab qolishdan iborat.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.