Narpay tumanida tadbirkorlik ob’yektlari davlat tilida nomlanmoqda
Bugun joylarda tadbirkorlik ob’yektlarining nomlanishi, hujjatlarning davlat tilida olib borilishiga alohida ahamiyat berilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 6 oyi davomida Narpay tumanida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Birgina savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga o‘zbekcha nom qo‘yishni rag‘batlantirish borasida tadbirkorga tushunchalar berildi.
Quvonarlisi, ular tomonidan korxona nomi davlat tilida nomlanayotgani ona tilimizga bo‘lgan hurmat belgisidir.
Sherali Temirov,
Samarqand viloyat hokimining maslahatchisi.