NATO Rossiya va boshqa davlatlarni Belarus muammosiga aralashmaslikka chaqirdi
- 29.08.2020 08:40
- 123
- Xorij
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya va boshqa davlatlarni Belarusning ichki muammolariga aralashmaslikka chaqirdi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.
Stoltenberg tashkilot Belarusning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini ta’kidladi. “Belarus suveren va mustaqil davlat. U yerda sodir bo‘layotgan voqealarga hech kim, shu jumladan, Rossiya ham aralashmasligi kerak”, dedi u.
Shuningdek, NATO Bosh kotibi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga ham fuqarolarga mamlakat kelajagini tanlashga imkon berishini talab qilib murojat qildi. “Hududda NATOning maqsadli qo‘shini yo‘q, shu sababli tizim bu holatdan tinch namoyishlarni bostirish uchun bahona tariqasida foydalanmasligi kerak. Bu mumkin emas”, deya alohida ta’kidladi Stoltenberg.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa