Navoiy shahridagi 4 qavatli savdo kompleksida katta yong‘in bo‘ldi (video)
- 17.01.2020 09:15
- 76
- Hodisa
Kecha, 16 yanvar kuni soat taxminan 21:15 da Navoiy shahridagi 4 qavatdan iborat bo‘lgan Navoiy savdo kompleksining to‘rtinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti xabar berdi.
Yong‘in oqibatida 150 kvadrat metr bo‘lgan 6 ta kiyim kechak savdo do‘koni yonib yaroqsiz xolga kelgan, 14 ta savdo do‘koni esa zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar va qurbonlar yo‘q. Ayni vaqtda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.
Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.
Teglar:
yong‘in
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
XDPning “Eng namunali deputat”i aniqlandi
- Bugun, 11:28
- Siyosat
Ilm-ma’rifat bor joyda taraqqiyot bo‘ladi
- Bugun, 11:17
- Samarqand