Nega birinchi jarroh ayol butun umri davomida o‘zini erkak qilib ko‘rsatdi?
Margaret Enn Balkli haqiqatan ham birinchilardan bo‘lib ona ham, bola ham omon qolgan tug‘ish qiyin va xavfli bo‘lgan holda ona qornini yorib, bolani olish jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. O‘sha paytda u o‘zini Margaret Balkli emas, Jeyms Berri deb tanishirishni afzal ko‘rgan. Bu sir faqat bir necha yil o‘tgach, jarrohning o‘limidan keyingina ochildi.
Margaretning Jeymsga aylanishi
Margaret Enn Balkli 1795 yilda irlandiyalik badavlat do‘kondor oilasida tug‘ilgan. Ehtimol, otasi kasodga uchrab, qamoqxonaga tushmaganida Margaretning hayoti boshqacha bo‘lgan bo‘lardi. O‘sha paytlarda ayollar ta’lim olish huquqiga emas edi va ular munosib ishlarga joylashish u yoqda tursin, hech qanday martabaga erisha olmas edi. Shu sababli oilaviy kengashda tirikchiliksiz qolgan qiz va uning onasi kun ko‘rishini mo‘ljallab Margaretdan yigit yaratishga qaror qilindi.
Bir kuni onasi qo‘shnilariga qizi bilan Shotlandiyaga davolanish uchun ketayotgani aytdi. Margaret kemaga ayol libosida chiqib, Edinburgdagi qirg‘oqqa Jeyms Berri sifatida tushdi. So‘ng u Edinburg universitetiga o‘qishga kirdi.
Erkak jarroh qiyofasida
Universitetni tugatgach, yosh jarroh Jeyms Berri harbiy xizmatga yuborildi. U Hindistonda xizmat qilganida o‘zini a’lo darajada ko‘rsatganligi, kasal va yaradorlar sharoitini yaxshilab, ularni parvarish qilganligi uchun askarlar yosh shifokorga katta hurmat bilan qaragan. Biroq Berrining hamkasblari uning janjalkash fe’l-atvori bo‘lganligini ta’kidlashgan. Shunga qaramay, ularning hech biri qiltiriq shifokor bilan bahslashishga jur’at qilmasdi: hamma Berri qilichdan ustalarcha foydalanishini va xatosiz o‘q uzishini bilar edi.
Qo‘rs fe’l-atvoriga qaramay, Berri tez orada lavozimda ko‘tarildi va Keyptaundagi sanitariya inspektori lavozimiga o‘tkazildi. Aynan Afrikada Jeyms Berri qiyofasidagi Margaret Enn Barkli Janubiy Afrikada o‘zining birinchi jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi. Ajablanarlisi, operatsiya natijasida nafaqat ona, balki bola ham tirik qolgan. Umuman olganda, jarroh Keyptaun aholisi uchun juda ko‘p ishlarni qildi, xususan, shaharda suv ta’minoti tizimini o‘rnatdi. Bu ish Barri bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan shahar merining yordamisiz bo‘lmagani aniq.
Ko‘za kunda emas kunida...
Berri 1865 yilda Londonda vafot etdi. Jarrohning jasadani yuvayotgan xizmatkori Sofiya Bishop marhumning haqiqiy jinsini aniqladi. Jeyms Berrining sirini ham u ochdi. Bu o‘sha davr uchun hayratomuz yangilik bo‘lishi mumkin edi, biroq janjal bosdi-bosdi qilindi. Faqat 1950 yilga kelib “Doktor Jeyms Berrining g‘alati qissasi” («The strange story of Dr James Barry», Isobel Rae) asari muallifi, tarixchi Izobel Re arxivdan Jeyms Berrining ayol ekanligi haqidagi hujjatlarni tasodifan topib oldi.
Shu bilan Izobel Rening tekshiruvi yakunlandi: u boshqa hech narsa topa olmadi. Ammo Alister Freyzen-Mudining “Tibbiy baxtsizliklar” («Medical Misadventures», Alistair Fraser-Moodie) nashrida aytilishicha, 2000 yilning boshlarida shifokorlar Maykl dyu Pri va Jeremi Dronfild bu ishni o‘z zimmalariga olishdi. Ular jarrohning xatlarini topgan va ba’zilari “Jeyms Berri”, boshqalari “Margaret Enn Berkli” imzosi ostida yozilganini ko‘rib qolishdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, xatlardagi qo‘l yozuvlari bir xil bo‘lib chiqdi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.