Nega "sariq" hududlarda bolalar bog‘chasi ochildi-yu, o‘quv markazlariga ruxsat berilmadi?
- 08.06.2020 19:30
- 441
- COVID-19
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:
- Nega «sariq» hududlarda ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish va gigiyenaga rioya qilishga majbur qilib bo‘lmaydigan bolalar uchun guruhda 15 tagacha bola bilan bog‘chalar ochilishi mumkinu, barcha gigiyena qoidalariga rioya qila oladigan, niqob taqadigan abituriyentlar 10 tadan bo‘lib o‘quv markazlariga borishlari mumkin emas?
- Hozirda ko‘plab korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyati tiklanmoqda. Ota-onalar ishlashlari uchun bolalar bog‘chasi ishlashiga ruxsat berilmoqda.
Abituriyentlar esa onlayn rejimda o‘qishlari mumkin, - deb javob berdi Nurmat Otabekov.