"Nexia-3" haydovchisi 11 yoshli bolaning hayotiga zomin bo‘ldi
- 25.05.2020 14:31
- 261
- Hodisa
Surxondaryo viloyatida “Nexia-3” voyaga yetmagan bolani urib yubordi, voqea fojiali yakun topdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 23 may kuni soat 13:00 larda Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Bo‘ston MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy avtomobil yo‘lida haydovchi - 1992 yilda tug‘ilgan S.X. “Nexia-3” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, voyaga yetmagan, 2009 yilda tug‘ilgan S.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda piyoda - 11 yoshli S.T. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur YTH yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
avtohalokat
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yozma nutq ko‘nikmalarini qanday rivojlantirish mumkin?
- 50 daqiqa avval
- Ta’lim
Қизнинг бахти — отасининг соясида
- Kecha, 18:59
- Mutolaa
Baxshitepada “Behbudiy bog‘i” yaratildi
- Kecha, 18:06
- Jamiyat