Niderlandiyada paranji tutish taqiqlandi

Paranji tutishni taqiqlovchi qonun 1 avgustdan kuchga kirdi. Mazkur qonun  niqob va paranjiga nisbatan joriy etilgan va jamoat joylarida, maktab, kasalxona va davlat idoralarida, jamoat transportlarida amal qiladi. Shu bilan birga xavfsizlik ishlari xodimlari dastlab qonun buzuvchidan yuzini ochishni so‘rashlari zarur, rad javobi bo‘lgan taqdirda kirishni taqiqlashlari yoki 150 yevrodan boshlanadigan jarimaga tortishlari mumkin.

Yevropada yuzni berkitishni taqiqlagan birinchi davlat 2011 yilda Fransiya bo‘ldi. Ayni vaqtda shunday chora Avstriya, Belgiya, Bolgariya va Daniyada joriy qilingan, qisman taqiq Germaniyada ham mavjud.