Rossiyaning Ukrainada egallagan yerlari Lyuksemburgning maydoniga teng

Rossiya armiyasi Lyuksemburg kattaligidagi Ukraina hududini 7 oy ichida egallab oldi.

Bild ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil boshidan beri Rossiya Ukraina hududining 2395 kilometr kvadratini egallab olgan. Taqqoslash uchun: butun Lyuksemburgning maydoni 2586 km².
Butun 2024 yil davomida esa Rossiya Federatsiyasi 3388 kilometr kvadrat maydonni egallagan edi. Bu joriy yilda hujum qamrovi oshganini anglatadi.

Kuzatuvchilar fikricha, yaqin kelajakda Ukrainaga katta miqdordagi “shahidlar” yordamida yangi katta zarba berilishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya deyarli bir hafta davomida ommaviy hujumlarni amalga oshirmagani uchun allaqachon 500 dan ortiq dronlarni to‘plagan.

Kiyev 7 kun o‘qqa tutilmadi, bu avvalroq amerikalik maslahatchi Kellogg tashrifi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo u kecha o‘z davlatiga ketdi.