Niger isyonchilari besh davlat bilan chegarani ochdi, yangi hukumat tayinladi

Iyul oyi oxirida Niger Respublikasida davlat to‘ntarishi uyushtirgan harbiylar Jazoir, Burkina Faso, Liviya, Mali va Chad bilan havo va quruqlik chegaralari ochilganini e’lon qildi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar bermoqda.

Shuningdek, bugun isyonchilar hukumati mamlakat viloyatlariga yangi rahbarlarni tayinladi, ularning barchasi harbiylar.

26 iyul kuni isyonchilar milliy televideniye orqali Muhammad Bazum Niger prezidentligidan chetlashtirilgani, respublika chegaralari yopilganligi, komendantlik soati joriy etilgani, konstitutsiyaning amal qilishi to‘xtatilgani va partiyalarning siyosiy faoliyati taqiqlangani haqida e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng bir qator davlatlar Nigerdan diplomatik vakillarini olib chiqib ketdi.