Nima sababdan rahbar va mas’uliyatli lavozimlarga 50 yoshdan oshgan insonlarni tayinlash maqsadga muvofiq?
Sababi - ular 50 yoshga to‘lmagan xodimlardan ko‘ra, samaraliroq faoliyat olib boradi.
Amerikada o‘tkazilgan keng qamrovli tadqiqotlar inson hayotidagi eng samarali yosh - 60-70 yosh ekanligini ko‘rsatdi.
70 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan davr samaradorlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
50 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan davr esa, uchinchi o‘rinni band etdi.
Nobel mukofoti sovrindorlarining o‘rtacha yoshi – 62 yosh.
“Fortune” kompaniyasidagi bosh dirktorlarning o‘rtacha yoshi – 63 yosh.
AQShning eng yirik 100 cherkovidagi ruhoniylarning o‘rtacha yoshi – 71 yosh.
Bosh ruhoniylarning o‘rtacha yoshi – 76 yosh.
Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Yaratgan hayotimiz davomidagi eng samarali davr qilib, 60 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan davrni tanlagan. Bu davr hayotingizdagi eng buyuk ishlarni amalga oshirish davri hisoblanadi.
“NEJM” nashri e’lon qilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, inson 60 yoshda yetuk hayotiy tajribaning eng yuqori cho‘qqisini zabt etar ekan. Ushbu bilim va tajribalarni 80 yoshgacha hayotga to‘liq tatbiq eta oladi.
Agar yoshingiz 60-70 yoki 70-80 yosh bo‘lsa, demak, siz hayotingizning eng samarali va eng go‘zal davrini yashayapsiz.
Manbaa: New England Journal of Medicine (Yangi Angliyaning meditsina Jurnali): 70.389 (2018)