Nima uchun yarim oy Islom dini ramzi hisoblanadi?

Boshqa din vakillari yarim oyni, xristianlar xochiga o‘xshash islom ramzi deb hisoblashadi, bu noto‘g‘ri. Islom dini Allohdan boshqa hech narsa va hech kimga sig‘inmaslikni buyuradi. Yarim oy – islomning juda shartli ramzidir.

Yarim oy – ramzning kelib chiqishi

Yonida yulduzi bor yarim oy – islomdan ming yillar ilgari paydo bo‘lgan ramzdir. Shunga o‘xshash belgini Qadimiy Yunoniston, Vizantiya va boshqa butlarga sig‘ingan  qadimiy halqlar qo‘llashgan.  Shunga o‘xshash ramz xristian dinida ham mavjud.

Yarim oyni islom dini ramzi sifatida shakllanishi haqida juda ko‘p farazlar mavjud. Eng ommalashgani Vizantiya bilan bog‘liq. Ushbu farazga ko‘ra, eramizdan avvalgi IV asrda Makedoniya qo‘shini Konstantinopolni (hozirgi Istanbul) bosib olishga harakat qilishadi. Hujum omadsiz yakunlanadi: hujum bo‘lgan kecha osmonda makedoniyaliklarni harakatlarini ochib bergan yorqin yarim oy chaqnab turardi. Bosqinchilarning hujumini qaytargan vizantiyaliklar oyni mamlakat ramzi hisoblay boshlashgan. 1453 yilga kelib Vizantiya imperiyasini usmonli turklar qo‘shini bosib oldi. G‘alaba quchganlar mag‘lub mamlakatning urf-odatlarini saqlab qolishdi va ularda ommalashgan ramzdan keng foydalana boshlashdi.   

Boshqa bir tilga olinadigan farazga ko‘ra, yarim oy 1299 yildan boshlab islom dinini ifodalaydigan ramzga aylandi. O‘shanda judayam kichik Osiyo xoqonligining Osmon ismli hukmdori tush ko‘radi, tushiga butun osmonni yoritib turgan yarim oy kiradi: yerning bir chekkasidan narigi chekkasigacha.  Hukmdor ko‘rgan tushini yaxshilik alomati deb hisoblaydi va yarim oyni o‘z hoqonligining ramzi etib belgilaydi. Hukmdorning tushi haqiqatdan ham o‘ngidan keladi – uning nabiralari buyuk musulmon davlati, usmonli turklar saltanatini barpo etishga sazovor bo‘lishadi va islom olamida din yetakchisiga aylanishadi.

Mutaxassislarning fikri

Islomshunos olimlar islom dini shakllangan vaqtda yarim oy uning ramzi bo‘lmaganligini ta’kidlashadi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) va sahobalar umuman hech qanaqa belgi va ramzlardan foydalanishmagan: Qur’oni Karimda ham Sunnat amallarida ham dinning hech qanaqa xususiy ramzi ko‘rsatilmagan. 

Yarim oyni va yonidagi yulduzni islom dini ramzi sifatida usmonli turklar, Konstantinopolni bosib olishgandan so‘ng ommalashtirishdi. Usmonli turklar saltanati uzoq muddat islom olamida yetakchilik qilishdi, shu sababli yarim oy ramzini har qanday suratni butparastlik deb hisoblovchi eron-shialaridan tashqari, deyarli barcha musulmon davlatlari qabul qilishdi.

Ko‘pchilik ulamolar yarim oyni dinni emas, turk madaniyatining bir qismi – degan fikrni bildirishadi. Boshqalari esa yarim oy ramzini rasmiy islom dini ramzi deb hisoblash to‘g‘ri bo‘ladi degan fikrni bildirishadi, chunki oy baribir musulmon olami xronologiyasining asosiy hisoblash vositasi hisoblanadi. Besh qirrali yulduz esa islom ta’limotining asosiy besh ustunini ifodalaydi.

Bir masalada islomshunoslar bir fikrdalar: yarim oydan foydalanish taqiqlanmagan, faqatgina agar inson taqinchog‘ida yoki kiyimda yarim oy rasmi faqatgina chiroy uchun qo‘llanilgan bo‘lsa. Ramzning himoyasiga umid qilish, islom nuqtai nazarida – katta gunoh, insonni faqatgina Alloh asrashi mumkin.

Zamonaviy dunyoda yarim oy machit minora va gumbazlarini bezab turibdi va ko‘pgina musulmon davlatlarining bayrog‘ida aks ettirilgan. Yarim oy aks ettirilgan taqinchoqlarni hamma musulmonlar ham taqishmaydi – arab davlatlarida bunday odat yo‘q. Islom ramzi aks etgan taqinchoqlar taqadiganlarga esa yarim oy diniy mansublik belgisi hisoblanadi.

Bekzod Musurmonov tayyorladi.