Nodirbek Abdusattorov 400 ming dollarlik turnirni ketma-ket g‘alaba bilan boshladi
- 27.10.2022 09:30
- 232
- Sport
Islandiyada shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionati boshlandi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. U 1-turda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. 2-turda esa amerikalik Uesli Soni 1,5 : 0,5 hisobida taslim etdi.
U endi navbatdagi o‘yinini islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi o‘tkazadi. Guruhda g‘olib bo‘lgan shaxmatchi yarim finalda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun musobaqaning mukofot jamg‘armasi 400 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
To‘rtinchi turdan keyin natijalar.
A guruhi
1. Abdusattorov - 8 (7½)
2. Nepomnyashiy - 5 (5)
3. So - 3 (3)
4. Grétarsson - 0 (½)
B guruhi
1. Carlsen - 6 (5½)
2. Nakamura - 6 (5)
3. Fedoseev - 4 (4)
4. Blübaum - 0 (1½)