Nogiron kishida soliqdan imtiyoz bormi?
#Soliqdan_savolim_bor
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mol-mulki 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etilgan. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlargachi?
Joriy yil 1 yanvardan boshlab boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilindi.
Ya’ni, ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalarga soliq solishda ushbu imtiyoz Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
Yana bir imtiyoz
Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, uy xo‘jaligida dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar bo‘yicha imtiyoz berilgan bo‘lib, bunda mazkur daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i undirilmaydi.
Orzu Nasimov,
viloyat davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari.