Nogironlar uchun ajratilgan o‘rindiq qani?
- 71
- Jamiyat
Samarqand shahrida aholiga transport xizmati ko‘rsatilishi yaxshilanayotgan bir paytda, shaharda qatnovchi 51-yo‘lovchi tashish avtobusida «Nogironlar uchun o‘rindiq» degan yozuv bor-u o‘rindiq yo‘q. Xo‘sh, avtobusga chiqqan nogironligi bo‘lgan shaxs shuncha masofagacha tik oyoqda borishi kerakmi?
Bu joydagi o‘rindiq ataylab olingan, deb o‘ylab qolasan kishi. Negaki, ikki kishilik o‘rindiq o‘rniga kamida besh kishi tik holatda joylashib ketmoqda. Bu albatta, haydovchi uchun qo‘shimcha daromad. O‘z manfaatini ustun qo‘ygan haydovchi va mutasaddilar nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaati haqida o‘ylarmikan?
Yana bir gap. Avtobusda qancha yo‘lovchi chiqishi mumkinligi-yu, o‘rindiqlar soni yozuvi ham yo‘q. Bu kabi holatlarni boshqa yo‘nalishdagi avtobuslarda ham kuzatish mumkinligini eslatgan holda bu holatga mutasaddilar javobini kutamiz.
Husan Eltoyev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 49 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand