Nostradamus haqmidi?

Yaponiyada Yangi yil nishonlanar-nishonlanmas butun mamlakat larzaga keldi. Biri ketidan biri bo‘lgan dahshatli zilzila kunchiqar davlatning g‘arbidagi Noto yarim orolini tahlikaga soldi.

Ha, mamlakatda 1 yanvarda kun davomida yer silkinib turdi. Zilzila kuchi 7,6 ballgacha yetdi: 200 kishi halok bo‘ldi, 550 kishi jarohatlandi. Oradan bir necha haftao‘tgan bo‘lsa-da, yer silkinishi to‘xtagani yo‘q. Iqlimshunoslarning ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yil boshidan buyon Yaponiyada 1200 zilzila ro‘y bergan.

Nahotki, fransuz bashoratchisi Nostradamus haq bo‘lsa, deydi uning karomatlariga ishonuvchi yaponlar. Ishonuvchilar esa ko‘p. XVI asrda yashagan Nostradamus haqiqatan ham tabiiy ofatdan ogohlantirgan ekan: «Lalmi yer yanada qurib ketadi va kuchli suv toshqini ro‘y beradi». Aynan ana shu bashorat yapon zilzilasining darakchisi hisoblanadi.

Boshqa taxminlarga ko‘ra, u shuningdek iqlim inqirozi belgisidir. Bu degani 2024 yil tarixda eng jazirama yil bo‘ladi, qurg‘oqchilik va yong‘inlarni kutavering, deb ogohlantiradi olimlar.

T.Shomurodov tayyorladi.