Notr-Damdan chiqqan tobut
2019 yilda Notr-Dam-de-Pari ibodatxonasida dahshatli yong‘in sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng uni batamom rekonstruksiya qilishga kirishildi. Natijada noyob topilmalar qo‘lga kiritildi. Ular orasida ibodatxona poli tagidan sal pachoqlangan odam jasadi shaklidagi qo‘rg‘oshin tobut ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Mitti videokamera yordamida tekshirib ko‘rilganda tobutda bashang kiyimda, yaxshi saqlanib qolgan inson qoldiqlari aniqlandi. Tarixchilar bu sag‘ana XIV asrdagi oliy martabali diniy arbobga tegishli ekanligini ta’kidlashdi. Tobutdan tashqari qidiruvchilar soqolli erkak tosh byustiga duch keldilar. Unda haykaltaroshlik elimentlari ko‘zga tashlanib turardi. Ibodatxona 2024 yilda to‘liq tiklanishi kerak.
***
Noyob mikrolinzalar
Rossiyaning akademik S.Korolev nomidagi Samara tadqiqot universiteti va RFA tasvirlarga ishlov berish tizimi institutida mikrolinzalarning yangi turi yaratildi.
Bu mikrolinzalar lazer nuri yordamida tirik hujayralar, bakteriya va viruslarga o‘xshash uncha-buncha mikroskoplar ilg‘amaydigan mitti ob’yektlarni ham aniq ko‘rsatadi.
Yangi mikrolinzalar oldingi avlod linzalardan ikki marta samaraliroqdir. Ular turli tibbiy, tadqiqot va telekommunikatsiya uskunalarida ishlatilishi mumkin.
Tog‘ muzliklari erib ketmoqda
Kavkazdagi Elburs muzliklari oldindagidan besh marta tez erimoqda. Bu haqda "Rosgidromet" tashvish bilan eslatgan. 1957 -2020 yillar davomida Elburs muzligi hajmi 26,4 kvadrat kilometrga, ya’ni salkam 20 foizga kamaygan.
Bunday holat to‘xtovsiz davom etmoqda. Tog‘ cho‘qqilaridagi muzliklar ikki ming yil davomida birinchi marta faol erimoqda.
T.Shomurodov tayyorladi.