Nuriddinjon Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri:
- 09.02.2019 15:37
- 385
- Dolzarb
– Mamlakatimizda har bir rahbarning erkin, rejali, oqilona faoliyat yuritishi, o‘z vazifasiga ijodiy yondoshishi, muammolar yechimiga tegishli idoralarni jalb eta olish imkoniyati berilayapti. Bunday imkoniyatdan samarali foydalanish uchun eng avvalo, bu boradagi farmon va qarorlar mazmuni bilan yaxshi tanishish zarur.
Rahbar o‘z sohasi tahlilini puxta bilmasdan hayotiy reja tuza olmaydi. Yuqoridan ko‘rsatma kutadigan paytlar endi o‘tdi. Tashabbus va taklif xalq ehtiyoji, talabini hisobga olgan holda quyidan chiqishi kerak.
Xususan, mavjud tibbiy uskunalarni mintaqalarga joylashtirish, sog‘liqni saqlash muassasalaridagi navbat va uzoq kutishlarga barham berish, shifo maskanlarini bemorlar ehtiyojiga moslab bezash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, tibbiy xizmatdagi tartib-qoida va yangiliklardan aholini xabardor qilib borish sohaning bevosita o‘rta bo‘g‘in rahbarlari zimmasidadir.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa