Nurobod tumani markazida yaroqsiz ahvolga kelib qolgan yo‘llar ta’miri uchun 690 million so‘m ajratildi
- 24.08.2020 13:45
- 113
- Samarqand

Ayni kunlarda Nurobod tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Amir Temur va Navro‘z mahallalaridagi ichki yo‘llarning 2 km. 584 m. qismiga asfalt yotqizilib, joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yo‘l ta’miri nurobodliklarni quvontirishi aniq. Sababi, Nurobodning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llaridan qiynalib o‘tayotgan avtomashina haydovchilari bu yo‘llarning ta’mirini ancha kutishdi.
Olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari avtomashinalarning kuz-qish mavsumida harakatlanishidagi noqulayliklarni bartaraf etadi, albatta.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- 30 daqiqa avval
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- 32 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
O‘zi ham, xodimlarga ham diktant yozdirgan muharrir edi
- 36 daqiqa avval
- Mutolaa
Ayol muhabbatdan iborat
- Bugun, 11:24
- Mutolaa