Nurobod tumanida 94,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida Nurobod tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 94,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, o‘tgan 6 oy davomida 87,2 milliard so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, shundan 42,0 milliard so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 45,2 milliard so‘mlik nooziq-ovqat mollari hisoblanadi.