Nurobodda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan shaxs aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fuqaro I.S. uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotgani aniqlanib, ushbu sexdan 40 kg. qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘, 10 kg. chigit va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.