Nursulton Nazarboyev yana prezident bo‘ladi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeAES) faxriy raisi unvoni berilishi mumkin.
Bu haqda aniq.uz xabar berayapti.
Manbaning xabar berishicha, YeAES ushbu ittifoqni tuzish aynan uning g‘oyasi bo‘lgani uchun Nazarboyevga bu unvonni berishga qaror qilgan. Ayni paytda bunday lavozim yo‘q, shu sabab Qozog‘istonning eks-prezidenti qanday vakolatlarga ega bo‘lishi xozircha noma’lum.
29 may kuni Nur-sultonda YeAESning sammiti bo‘lib o‘tadi, unda ishtirokchi davlat rahbarlari ittifoqning besh yilligini nishonlashadi hamda Nazarboyevni tashkilotning faxriy prezidenti qilib tayinlash to‘g‘risida yakuniy qarorga kelishadi.
2019 yilning 19 martida Nazarboyev Qozog‘iston prezidentligidan iste’foga ketgan edi. U hukumatni uzluksiz 30 yil boshqardi. Shundan so‘ng uning sharafiga mamlakat poytaxti Ostona Nur-sultonga o‘zgartirildi. Nazarboyev millat yetakchisi (Elboshi) unvonini oldi, shuningdek, umrbod Qozog‘iston xavfsizlik kengashi rahbari hamda Nur Otan partiyasining yetakchisi vazifalarida qoldi.