O‘zbekistondagi barcha gaz to‘ldirish shoxobchalari va gaz ballonli mashinalar tekshiruvdan o‘tkaziladi
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov ikki oy muddatda:
Gaz balloni o‘rnatilgan avtotransport vositalari, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatuvchi gaz quyish stansiyalari; tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalarning texnik holatini puxta hamda har tomonlama xatlovdan o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.
Xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalaniladigan avtotransport vositalari, gaz quyish stansiyalari, qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalardan foydalanish bilan bog‘liq avariyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Ma’lumot uchun, Buxoro viloyatining Kogon tumanidan o‘tgan A-380 yo‘lida Isuzu avtobusiga o‘rnatilgan gaz ballonining portlashi oqibatida besh ayol halok bo‘ldi va 21 kishi tan jarohati oldi. Portlash avtobus gaz to‘ldirish shoxobchasidan chiqib, 700 metrcha yo‘l bosganidan so‘ng yuz bergan. Halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar makkajo‘xori yig‘im-terimiga ketayotgan edi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga muvofiq, Kogon tumanidagi hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va jabrlanuvchilar va qurbonlarning oilalariga har tomonlama yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish bo‘yicha hukumat komissiya tuzilgan.
Buxoro viloyati hokimligi “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolar oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishi; halok bo‘lganlarning jasadi ularning oilalari yashaydigan joyga yetkazilishi va dafn etilishi bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirig‘i berilgan.
Manba: xs.uz