Obodonlashtirish idorasi xodimlari 1 million tup gul yetishtiryapti

Bugungi qor-qirovli kunlarda anvoyi gullarga ko‘zingiz tushsa dilingiz yayraydi. Bu manzara qalblarga xushkayfiyat olib kiradi. Siz tasvirda ko‘rib turgan gullar ayni qishning sovuq kunlarida yetishtirilmoqda.

Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan issiqxonada 1 million tup gul ko‘chatlari parvarishlanyapti. Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan mazkur issiqxona ko‘mir yordamida isitiladi.

Issiqxonada xrizantema, giron, viola, kirov, shafran, gultojixo‘roz, salviya kabi 20 turga yaqin mavsumiy gul ko‘chatlari yetishtirilyapti. Erta bahorda shaharning ko‘cha va xiyobonlari aynan shu gullar bilan bezatiladi.