Odamlar yashaydigan, ammo yetib borish qiyin bo‘lgan joylar

Sayyoramizda ana shunday joylar ko‘p. E’tiborlisi, bu maskanlar juda go‘zal va bahavo. Bugun ular haqida gaplashamiz.

Gasadalur qishlog‘i. Farer orollari

Farer orollari hududida joylashgan eng go‘zal va chekka Gasadalur qishlog‘i butunlay tog‘lar bilan o‘ralgan, shu sababli bu yerga kelgan kishi uzoq vaqt davomida katta masofani bosib o‘tib, 400 metrgacha balandlikka ko‘tarilishi kerak. Vaziyat faqat 2004 yilga kelib avtomobillar o‘tishi uchun tog‘lar orqali tunnel kesib yo‘l ochilganida o‘zgardi. Bu yerda yashash oson emas – oziq-ovqat miqdori cheklangan, baliq ovlash uchun esa qo‘shni qishloqqa borish kerak. 2012 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Gasadalur aholisi 18 kishini, 2020 yilda esa 11 atigi kishini tashkil etgan.

Edlidaey orolidagi uy. Islandiya

Дом на острове Эдлидаэй

So‘nggi 300 yilda orolda atigi 5 oila yashagan. Bu keyinchalik qayg‘uli oqibatlarga sabab bo‘lgan qon aralashishiga olib keldi. Bugungi kunda u yerda hech kim yashamaydi va u yerda joylashgan uy o‘zining go‘zalligi bilan e’tiborni tortadigan va hozirda “Qizil kitob”ga kiritilgan dengiz qushlari uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini bajaradi. Orolga faqat suzish va havo orqali borish mumkin, lekin vaqti-vaqti bilan u yerda kimlardir kelib, yashab ketadi.

Illokkortoormiut qishlog‘i, Grenlandiya

Деревня Иллоккортоормиут

Maydoni 2 million kvadrat kilometrdan oshadigan dunyodagi eng katta orol, Grenlandiyada atigi 60 ming kishi istiqomat qiladi. Mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida sivilizatsiyadan uzilgan, ulkan o‘rmonlar bilan o‘ralgan sayyoradagi eng shimoliy aholi punktlaridan biri baliqchilar va oq ayiq ovlovchilar qishlog‘i Illokkortoormiut joylashgan bo‘lib, u yerda 500 kishi yashaydi. Ular kamdan-kam hollarda qishloqqa faqat samolyotda yoki suv transportida borishi mumkin bo‘lgan mehmonlarni har doim xursandchilik bilan kutib olishadi.

Tristan-da-Kunya oroli, Buyuk Britaniya

Остров Тристан-да-Кунья

Orolning aholisi 1816-1908 yillar oralag‘ida bu yerga “qo‘ngan” sayohatchilar avlodlaridan tashkil topgan. Ayni paytda orolda maktab, kasalxona va hatto sayohatlar tashkil qiluvchi ofislar bor. Mahalliy aholi kartoshka yetishtirish va dengiz mahsulotlarini yig‘ish orqali kun kechiradi. Orol poytaxtining materik bilan transport aloqasi yo‘q, shu sababli bu yerga keluvchi va ketishni istaganlar ba’zan uch haftagacha dengizda suzib yurishiga to‘g‘ri keladigan baliqchilar qayiqlarini kutishiga majbur bo‘ladi... Yo‘lda esa odamlar tez-tez bo‘ronlar hujumiga uchraydi, bu esa “sayohat” juda qiyinchiliklar bilan kechishining dalolatidir.

Motuo okrugi, Xitoy

Китайский округ Мотуо

Buddizm manbalariga ko‘ra, muqaddas yer hisoblangan Motuo o‘simliklarga boy va botaniklar uchun jannat, chunki bu yerda mahalliy go‘zalliklar bo‘ylab sayr qila turib, Xitoy florasining taxminan 70 foizini ko‘rishingiz mumkin. Go‘yoki tabiat Motuoni odamlardan atayin himoya qiladi, unga yetib borish uchun siz Tibet dovonlarini bosib o‘tib, 200 metrlik osma ko‘prikdan o‘tishingiz kerak.

Quruvchilar bir necha bor Motuoda yo‘l qurishga urinib ko‘rishdi, lekin ular ko‘chkilar tufayli vayron bo‘ldi. Shunga qaramay Motuoda odamlar yashab keladi.

***

Bu sayyoramizdagi go‘zal, ammo borish qiyin bo‘lgan joylarning to‘liq ro‘yxati emas. Kelgusida siz uchun sayyoramizdagi yanada qiziqarli va ajoyib joylari haqida yozishni niyat qilib qo‘ydik.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.