Odobnoma: Ikki haqiqat

Bir qariya o‘z nabirasiga hayotiy haqiqatni aytib berdi:

-Har insonda ikki bo‘ri kurashiga o‘xshagan kurash davom etadi. Biri yovuzlikni: hasad, rashk, afsuslanish, xudbinlik, yolg‘onni ifodalaydi. Boshqasi ezgulikni: tinchlik, sevgi, umid, mehr, saxiylik, yaxshilik va vafodorlikni ifodalaydi.

Bobosining so‘zlaridan nihoyatda ta’sirlangan nabira o‘ylanib qoldi va keyin so‘radi:

-Qaysi bo‘ri oxirida g‘alaba qiladi?

Qariya kulimsiradi va javob berdi:

-Doimo sen boqayotgan bo‘ri ustun chiqadi!