O‘FA Suriya va Iroqqa qarshi O‘zbekiston MTJ tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

MTJ uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etdi.  Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘in doirasida O‘zbekiston Suriya hamda Iroq terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

6 noyabr kuni O‘zbekiston milliy termasi Toshkentda yig‘iladi va mashg‘ulotlarga kirishadi. Jamoa 9 noyabr kuni BAAga yo‘l oladi.

Milliy jamoa 12 noyabr kuni Suriya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o‘tkaziladi.

Yig‘inga chaqiruv olgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha: