Og‘ir atletika. Olimpiya chempioni Akbar Jo‘rayev umumiy hisobda 417 kilogramm toshni ko‘tardi

Xorazm shahrida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun -109 va +109 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionlari aniqlandi.

-109 kg vazn toifasida Rio Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ruslan Nuriddinov umumiy hisobda 415 kg toshni ko‘tarib, mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

+109 kg vazn toifasida esa yana bir Olimpiya chempionimiz Akbar Jo‘rayev 417 kg toshni ko‘tarib, O‘zbekistonda bu borada yaqqol yetakchi ekanini isbotladi.

Qizig‘i, bu musobaqada Jo‘rayev bitta katta vaznda ishtirok etdi va shunga qaramay, O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.

Kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati 3-kun

Erkaklar

Vazn toifa — 96 kg

Hojiakbar Olimov (Samarqand 150+178) — 328 kg

Zaynobiddin Muhammadaminov (Namangan 147+177) — 324 kg

Bekzod Sultonboyev (Xorazm 134+160) — 294 kg

Vazn toifa — 102 kg


Sharofiddin O‘sarov (Toshkent vil. 170+201) — 371 kg

Sharofiddin Amriddinov (Samarqand 165+195) — 360 kg

Qurbonmurod Nomozov  (Qashqadaryo 145+175) — 340 kg

Vazn toifa — 109 kg

Ruslan Nuriddinov  (Andijon 185+230)- 415 kg

Azimjon Hojiyev (Samarqand 157+201) — 358 kg

Umar Shaxnazarov (Surxondaryo 160+190) — 350 kg

Vazn toifa — 109+kg

Akbar Jo‘rayev (Toshkent vil. 185+232) — 417 kg

Mirhosil Mirzaboyev (Toshkent vil. 175+207) — 382 kg

Asadbek Rahmonov (Sirdaryo 160+180) — 340 kg