Tursunoy Jabborova mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Bugun, 15 avgust kungi dasturlardan o‘rin olgan og‘ir atletika bahslari boshlandi.

Endigina 20 yoshga qadam qo‘ygan og‘ir atletikachimiz Tursunoy Jabborova Islom birdamligi o‘yinlarida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida kechgan bahslarda mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Dast ko‘tarishda 109 kg, siltab ko‘tarishda 126 kg, ikki kurashda 235 kg natija ko‘rsatgan Tursunoy barcha yo‘nalishda oltin medallarni o‘ziniki qildi.