Olimlar Kaspiy dengizi sayozlashayotganini ma’lum qilishdi
- Kaspiy dengizining keng miqyosda sayozlashish xavfi asosan global isish tufayli ro‘y beradi. Suv havzasining hajmi allaqachon muttasil kamayib bormoqda, - deydi Germaniya va gollandiyalik olimlar.
Bu holatga tegishli tadqiqot Nature Communications Earth & Environment jurnalida chop etildi. Olimlar o‘zlari yaratgan modelga asoslanib, mintaqada harorat ko‘tarilishi mahalliy aholi va tabiat uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb taxmin qilishmoqda.
Sayozlashish shunday davom etsa 2100 yilga borib Kaspiy dengizi uchdan biriga kichrayishi mumkin. Olimlar buning asosiy sabablaridan yana biri yillik yog‘ingarchilik miqdorining pasayishi deb hisoblaydi. Buning ustiga oqar suvning katta qismi sug‘orish uchun ishlatiladi.
Kaspiy dengizining sayozlashuvi hayvonlar dunyosiga ham ta’sir etadi. Xususan, Kaspiy tyulenining umuman yo‘q bo‘lib ketishi arafasida. Uning endemik populyasiyasi pasayishi allaqachon sezilarli qisqarmoqda.
Kaspiyning «o‘lim yoqasida» turgani yagona holat emas. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara hududida bunday halokat ancha oldin sodir bo‘ldi - Orol dengizi yo‘q bo‘lib ketdi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.