Olimlar koronavirus pandemiyasining “super tarqatuvchilar”ini aniqladi
Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 ning tarqalishiga “super tarqatuvchilar” sababchi bo‘lgan. Polsha Fanlar akademiyasi va Varshava universiteti olimlari shunday xulosaga keldi. Ular olib borgan tadqiqotlar Royal Society Open Science saytida e’lon qilindi.
Epidemiyaning dastlabki bosqichida mutaxassislar virusning ko‘payish indeksini (bitta kasal odamdan yuqtirilgan odamlar soni) ikkitadan to‘rttagacha deb baholashgan edi. Biroq tadqiqotchilar yangi hisoblash modeli yordamida Xitoy, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi holatlar o‘sishi davrida ushbu ko‘rsatkich kasallangan odamlarning virus tarqatishdagi “super tarqatuvchilar”i sababli 11,4 ga yetgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.
Kompyuter modeli ikki bosqichli tarqalishni aniqladi. Dastlabki bosqichda kasallikni yuqtirish jarayoni sekin amalga oshgan. Biroq keyinchalik ommaviy tadbirlarda “super tarqatuvchilar”ning paydo bo‘lishi sababli kasallik yuqish jarayoni tezlashib ketgan.