Olimlar tushuntirib bera olmagan sirli tabiat hodisalari

Tabiat bizdan aqlbovar qilmaydigan sirlar va maftunkor jumboqlarni taqdim etadi. Hatto olimlarni hayratda qoldirib kelayotgan, ba’zilari dahshatli va tushunarsiz, boshqalariga allaqanday afsonalar bog‘langan tabiat mo‘’jizalari bilan quyida tanishamiz.

G‘uvilloq toshlar

 

Kosta-Rikaning tropik o‘rmonlarida o‘zidan mistik tovushlar chiqaradigan toshlar “yashaydi”. Urilganda, ulardan organ (musiqa asbob)notalarini eslatuvchi chuqur shovqinli tovush chiqadi. Olimlar haligacha bu tovushlar qanday paydo bo‘lishini aniq tushuntira olmaydi.

Kosta-Rikaning ovozli toshlari o‘zining sirli xususiyatlari va hali ochilmagan sirlari bilan tadqiqotchilar va sayyohlarni jalb qilishda davom etmoqda.

Kechasi yorug‘lik chiqaradigan bulutlarning maxsus turlari mavjud. Qutbli mezosfera bulutlari deb nomlanuvchi bu sinoat odatda Yerdan taxminan 80 kilometr balandlikda paydo bo‘ladi va maxsus kimyoviy jarayon tufayli nur sochadi. Odatda ular qutbli quyosh kunida, quyosh ufq ostida bo‘lganda osmonda ko‘rinadi. Rangli bulutlar o‘zining betakror yorqinligi va sirliligi bilan tadqiqotchilar va samoviy hodisalar ixlosmandlarining etiborini tortib kelmoqda.

Bitmas-tuganmas chaqmoq

Venesueladagi Katatumbo daryosi ustida noyob hodisa cheki yo‘q chaqmoqni kuzatish mumkin. Yiliga 140-160 kun davomida har kecha daryoning bosh qismida ketma-ket 10 soatgacha davom etadigan kuchli elektr razryadlari hosil bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu hodisa hududdagi maxsus meteorologik sharoitlar bilan bog‘liq, ammo mistik tabiat hodisasi - uzluksiz chaqmoqning aniq sababi hali ham noma’lum.

Raqqosa daraxtlar o‘rmoni

Rossiyaning Kaliningrad viloyatida o‘zining sirli egri-bugri va spiral shakllarga ega daraxtlari bo‘lgan mashhur noyob o‘rmon bor. Raqsga tushayotgan o‘rmonning tashqi ko‘rinishi juda g‘alati va olimlar hozirgacha bu hodisaga izoh topa olishmayapti. Daraxtlarning bu shakli sabablarini genetik mutasiyalar yoki shamol ta’siri ostida hosil bo‘lishini tushuntiruvchi ko‘plab taxminlar bo‘lsa-da, aniq bir javob yo‘q.

Muz doiralar

Dunyoning turli burchaklarida, jumladan, Shimoliy Amerika, Shvesiya va Rossiyadagi suv havzalarida muz ustida hech qanday sababsiz paydo bo‘ladigan g‘alati dumaloq shakllanishlar uchrab turadi.

Muz ustidagi bu sirli dumaloq shakllar olimlar va tabiat ixlosmandlarining qiziqishini uyg‘otishda davom etmoqda. Ushbu hodisaning aniq izohi topilmagan bo‘lsa-da, olimlar bu sirli doiralar sirini ochish uchun turli farazlarni o‘rganish va tajribalar o‘tkazishda davom etmoqda.

Osmonning sirli faryodi

Dunyoning turli burchaklarida, jumladan, AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Avstraliyada qayd etilganOsmon karnaylari deb atalgan bu tovushlar ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Faol ilmiy tadqiqotlarga qaramay, osmon karnaylari butun dunyo bo‘ylab odamlar orasida qiziqish va hayrat uyg‘otgan. Ba’zilar bu tovushlar global o‘zgarishlar haqida ogohlantirish bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi, boshqalar esa ularni tasavvuf va jumboq sifatida ko‘rishni afzal ko‘radi. Qanday bo‘lmasin, osmon karnaylari bizga atrofimizdagi dunyo kutilmagan hodisalar va mo‘’jizalarga to‘la ekanligini eslatib turadi, ularning ko‘plari hali kashf qilinmagan va tushunilmagan.