Olmaotada o‘zbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ishlab kelayotgan fohishaxonani aniqlashdi, deb yozmoqda Sputnik.

Idora xabariga ko‘ra, fohishaxona Olmaotaning Alatau tumanida ko‘zdan nariroq joyda joylashgan mehmonxonada aniqlangan.

“Kechqurun soat 11lar atrofida “ish joyida” 19 nafar yengiltak qiz bo‘lgan, ulardan ikkitasi O‘zbekiston, yana ikkitasi esa Qirg‘iziston fuqarolaridir”, - deyiladi xabarda.

Fohishaxonaga mehmonxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan 47 yoshli ayol egalik qilgan. Ayol qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.