Olti kamchilik, olti imkoniyat, olti natija

Islohotlar ko‘zgusida aks etayotgan ayrim mulohazalar

Aholining turmush darajasi va iqtisodiy farovonligi har qanday jamiyat rivoji uchun asosiy omil. Mustaqillik yillarida bu yo‘nalishda katta yutuqlarga erishdik. Biroq hayot shundayki, har qancha harakat qilmaylik, yechiladigan masalalar topilaveradi.

Bugun jamiyatimizda kuzatilayotgan olti muhim muammoni atroflicha o‘rganib chiqdik. Ularni bartaraf etish uchun aniq va amaliy olti taklif tayyorladik. Muhimi, bu takliflar qanday natija beradi, nimalarga olib keladi, degan savollarga javob sifatida oltita asosiy yo‘nalishni belgilab oldik.

Halollik vaksinasi”ga ehtiyoj bor

Jamiyatimizdagi muhim masalalardan birima’naviyat va ma’rifat targ‘ibotining yetarli darajadaolib borilmayotgani. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan aniq vazifalar qo‘yilgan bo‘lsa-da, amaliyotda ko‘zlangan samaraga erisha olmayapmiz. Ayniqsa, aholi o‘rtasidahalollik vaksinasi, ya’ni pok vijdon, adolat va javobgarlik hissini shakllantirish juda sust ketmoqda.

Viloyat ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida kamida 5 ta ixtisoslashgan targ‘ibot guruhi tashkil etilishi zarur. Ularda faqat ma’ruzachi emas, balki turli sohalarda tajribaga ega olimlar, diniy ulamolar va boshqa ziyolilar qatlami ishtirok etishi kerak.

Haftaning bir kuniniMa’naviy targ‘ibot kuni” deb belgilash va viloyat bo‘ylab aholi bilan ochiq muloqotlar, savol-javoblar, jonli suhbatlar o‘tkazish yaxshi samara byeradi. Chunki bu tadbirlar orqali odamlar dunyoda va yurtimizda bo‘layotgan voqealar, ularning sabab va oqibatlari haqida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘ladi. Milliy va diniy qadriyatlarimizni tushunib, ularni saqlash va himoya qilishga qiziqishi ortadi. Muhimi, beparvolik kamayib, “halollik vaksinasi” tarqaladi. Natijada jamiyatdagi turli illatlar, ayniqsa, korrupsiya kabi salbiy holatlarni bartaraf etishda katta qadam qo‘yiladi.

Ma’naviyat – qalb ozig‘i

Viloyatimiz tuman va shaharlarida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari hamon bir tizimga tushgani yo‘q. Oqibatda, ayniqsa, yoshlar turli ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali ma’lumotlarga ishonib, axborotdan zaharlanyapti”.

Shu bois har hafta uchun dolzarb bir mavzu tanlanib, o‘sha mavzu asosida qisqa va ta’sirli ma’naviy ma’ruzalar matni tayyorlanishi lozim. Bunda yetakchi olimlar, psixologlar va boshqa mutaxassislardan iborat maxsus kyengash tashkil etilishi maqsadga muvofiq. Ular tayyorlagan ma’ruzalar elektron tarzda mahallalarga yuboriladi va mahalladagi faollar, mutaxassislar yordamida “Ma’naviyat kuni” sifatida xalq orasida tarqatiladi. Natijada odamlar nafaqat o‘z hududida, balki mamlakatimiz va dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lib boradi. Yangi islohotlarni tushunadi, ularda faol qatnashishga intiladi. Asosiysi, xalqimizda milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni asrash hissi oshadi.

Yana bir jihat, shuncha axborot to‘foni ichida odamlar yaxshini yomondan, haqiqatni soxtalikdan ajrata oladigan “immunitet”ga ega bo‘ladi. Ularning yot g‘oyalar, feyk” xabarlar, yomon niyatli targ‘ibotlarga qarshi turishosonlashadi.

Mahallada sartarosh bo‘lsa, uzoqqa borilmaydi

Ba’zan oddiy xizmatlar - kitob do‘koni, sartaroshxona, tikuvchilik sexining yashayotgan hududimizda bo‘lgani ham turmushda katta ahamiyat kasb etadi. Ammo ayrim mahallalarda haligacha sartaroshxona yo‘q. Sochini oldirish uchun odamlar yo‘lga chiqishga majbur. Nega? Axir, bu muammoni hal etish qiyin emas-ku!

Buning uchun mahallada aholining sartaroshga ehtiyojini aniqlab, ishni tashkil etish kifoya. Bundanavvalo, odamlar rozi bo‘ladi, yosh yigit-qizlar uchun ish o‘rni yaratiladi. Qolaversa, sartaroshlik kasbiga qiziqqan yoshlarni bugungi “Monomarkaz”larda o‘qitish imkoniyati bor.

Uyda xizmat”ga ehtiyoj bor

Bugungi tezkor hayotda odamlar vaqtini tejashga o‘rgandi. Birgina oziq-ovqat mahsulotlarining uyga yetkazib berish xizmati joriy etilayotgani fuqarolarga nafaqat qulaylik yaratmoqda, balki iqtisodiy ehtiyojga aylandi.

Hozir ovqatlanish shoxobchalari onlayn buyurtma qabul qilib, tayyor taomni eshikkacha olib kelib, to‘y-maraka yoki oilaviy tadbirlaringiz uchun maxsus guruh yuborib, barcha xizmatlarni zimmasiga olyapti.

Ayniqsa, ayollar ham ishlayotgan bugungi zamonda bu kabi xizmatlar nafaqat foydali, balki kerak ham. Chunki bu xizmat ko‘rsatayotganlar uchun – ish, ularning mehnatidan foydalanayotganlar uchun – qulaylik.

Ziyorat turizmi qalbni oziqlantiradi

Samarqand tarixiy shahargina emas, ma’naviyat maskani ham. Bu imkoniyatdan to‘la foydalanyapmizmi? Yo‘q. Imom Buxoriy, Mahdumi A’zam, Shohi Zinda – bu nomlar faqatgina musulmonlar uchungina emas, butun insoniyat uchun muqaddas va qadrli.

Bu muqaddas joylar haqidagi kitoblarni turli tillarga tarjima qilib, o‘sha ziyoratgohlarning o‘zida sotish yo‘lga qo‘yilsa, bu ham ma’naviy, ham iqtisodiy foyda keltiradi.

Nazarimda, Imom Buxoriy majmuasi qayta ta’mirdan chiqarilgach, uning ochilish marosimini xalqaro miqyosda nishonlash, butun musulmon olamini taklif qilish zarur.

Qolaversa, Imom Buxoriy majmuasidan Samarqand shahri markazigacha muntazam avtobus qatnovi tashkil etilsa, ham xorijlik, ham mahalliy ziyoratchilarga qulay bo‘ladi.

Mehmonxonalardagi xizmatlar xalqaro darajaga chiqarilishi kerak. Chunki myehmon bizdan rozi bo‘lib ketsa, albatta, yana qaytib keladi.

Turizm qishloqlari yashirin xazina

Darhaqiqat, viloyatimizda tashkil etilayotgan turizm qishloqlari, turistik markazlar biz uchun misli ko‘rilmagan imkoniyat. Ammo ulardan foydalanish darajamiz ancha past.

Sayyoh Samarqandga keldimi, u faqat Registon bilan cheklanib qolmasin. Qishloqlarni ko‘rsin, urf-odatlarimiz bilan tanishsin, hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlanish jarayonlariga bevosita guvoh bo‘lsin.

Tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, aksariyat hollarda xorijlik sayyohlar xalqimizning turmush tarzi, milliy urf-odatlari va qadriyatlarimizga qiziqadi. Ularga bunday imkoniyatni yaratib berolsak, sayyohlarning Samarqandda qolish kunlari uzayadi. Bu esa qo‘shimcha foyda, degani. Yana, ko‘proq odam ish bilan ta’minlanadi, kambag‘allik kamayadi.

Qisqa qilib aytganda, xalqqa yaqin, zamonaviy va madaniy xizmatlarni joriy etish viloyat taraqqiyotining kalitiga aylanadi.

Mamayunus Pardayev,

SamISI professori, iqtisodiyot fanlari doktori.

Iroda Pardayeva,

SamDChTI dotsenti.