Omikron bolalarga «hujum» qilmoqda

Sayyorani egallab olayotgan, ko‘pincha bemorlarda yengil shaklda o‘tayotgan omikron kichkintoylar uchun juda xavfli bo‘lishi mumkin. Pediatrlar kichik yoshdagi bolalarning yuqori nafas yo‘llari asorati bilan COVID-shifoxonalarga yotqizish soni ko‘payib borayotganidan xavotirda.

Fransiyada bugungi kunda 84 bola reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Ular orasida hali bir oylik ham bo‘lmagan Rim bor. "Men allaqachon hamma narsa haqida o‘z fikrimni o‘zgartirdim. Men uchun kovid tashxisi – «og‘ir oqim» sinonimidir. Bundan tashqari, norasidam hali juda kichkina va unga na vaksina, na boshqa biror davo bor", deydi uning onasi.

Shifokorlarning ta’kidlashicha, bunday bemorlar ko‘pincha behol va yuqori isitma qiladi, ovqatlanishdan bosh tortadi. Yangi tug‘ilgan Rim Fransiyaning Vilpent kommunasidagi shifoxonada davolanmoqda, mahalliy shifokorlarning aytishicha, u yerga noyabrdan beri "og‘ir" bolalar qabul qilinmoqda.

Bolalarning COVID-shifoxonaga yotqizilishi bo‘yicha Buyuk Britaniya, Italiya, Janubiy Afrika va AQShda rekord o‘rnatilyapti. Shuningdek, bir qator rossiyalik shifokorlar ham kelgusi haftalarda kasalxonalarga bolalar oqimi ko‘payishini kutilayotganini aytmoqda.