O‘n oyda 16 280 holatda samarqandliklar Toshkentdagi fotoradarlarga tushgan
- 16.11.2020 15:40
- 138
- O‘zbekiston
Joriy yilning 10 oyi davomida Toshkent viloyati hududida o‘rnatilgan fotoradarlar orqali Toshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalarining 208 866 tasi tezlikni me’yoridan oshirganligi aniqlandi. Bu boshqa hududlarga qaraganda yetakchi o‘rinni ko‘rsatmoqda. Bu haqda IIBB matbuot kotibi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich umumiy olinganda ushbu fotoradarlar orqali viloyat hududida jami 457 828 holatda tezlikni me’yoridan oshirish qoidabuzarliklari sodir etilgan.
Ko‘rsatkich viloyat (hudud)lar kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan:
Toshkent shahri – 208 866 ta;
Toshkent viloyati – 116 053 ta;
Sirdaryo viloyati – 15 014 ta;
Jizzax – 11 337 ta;
Samarqand – 16 280 ta;
Farg‘ona – 23 953 ta;
Namangan – 16 460 ta;
Andijon – 14 850 ta;
Qashqadaryo –13 147 ta;
Surxondaryo – 6 301 ta;
Buxoro – 5 994 ta;
Navoiy – 3 432 ta;
Xorazm – 3 079 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 649 ta.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa