O‘tgan yilda byudjetga radar va kameralardan 724,6 milliard so‘m mablag‘ tushgan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida avtotransport vositalarini boshqarishda yo‘llarda belgilangan tezlikka rioya etilishini radarlar, shuningdek, statsionar va ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazorat qilinishi bo‘yicha o‘rganish yakunlari muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-2020 yillar davomida foto va video maxsus vositalari orqali aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari va ularga nisbatan belgilangan jarimalar 2018 yil davomida foto va video maxsus vositalar orqali 621 355 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha 208,4 mlrd. so‘mlik jarimalar belgilangan bo‘lsa, 2019 yilda 1 227 844 holatda 481,8 mlrd. so‘mlik, 2020 yilda esa 1 763 691 holatda 724,6 mlrd. so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan. Bu 2018 yilga nisbatan aholi tomonidan to‘langan jarima summasi miqdori 28,3 foizga oshganidan dalolat.

Shuningdek, YPX xodimlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ekipirovka qilinmagan yengil avtomobillardan foydalangan holda yashirin usulda xizmat olib borayotgan holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.

Ko‘chma maxsus moslamalar yo‘llarda yashirin ravishda o‘rnatilgan holatlar ham yo‘q emasligi deputatlar tomonidan ma’lum qilindi.