Samarqand ko‘chalarida mobil radarlar o‘rnatilgan 5 ta avtomashina harakati yo‘lga qo‘yildi
- 05.01.2022 14:45
- 634
- Samarqand
Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga xizmatda foydalanish uchun 5 dona mobil radarlar bilan jihozlangan maxsus “Kobalt” rusumli avtomashinalari ajratilgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, mobil radarlar YHXB tomonidan belgilangan yo‘l hududlarida xizmat olib boradi.
Qo‘shimcha ko‘rsatmalarga asosan vaqti-vaqti bilan yo‘l hududlarida mobil radar o‘rnatilgan avtomashinalar joylashuvi o‘zgarib turadi.
Ushbu radarlar asosan viloyatning eng ko‘p yo‘l transport hodisalari sodir bo‘ladigan hududlari (“avariya o‘choqlari”) da, haydovchilarni tezlik me’yorlariga rioya qilishlarini nazorat qiladi.
Teglar:
fotoradar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa