Onlayn NKM o‘rnatgan tadbirkorga imtiyoz beriladi

Hozirgacha Samarqand shahridan soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 465 ta korxonaning rahbar va bosh hisobchilari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning oylik, choraklik hisobotlarini elektron tarzda yuborish, nazorat kassa mashinasi (NKM)ning ishlatilishi va soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar hamda imtiyozlar tushuntirildi.

Jumladan, “Germes farovon savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 2020 yil 31 dekabrgacha onlayn NKM o‘rnatganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida soliq imtiyozi qo‘llanildi. 

Bundan tashqari, faoliyatini to‘xtatgan 1397 ta korxonadan 880 tasi bilan muloqot qilinib, korxona rahbarlari ishlash istagini bildirishdi.

Bekmirza Ahmedov,

Samaqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimi.