Operatsiyadan so‘ng “abadiy yoshlik”ka ega bo‘lgan odam

U xotirasini yo‘qotdi va ko‘plab ilmiy kashfiyotlar qilishga yordam berdi: Genri Molisonning hayot tarixi kishini hayratga qoldiradi.

Genri epilepsiya (tutqanoq) kasalligidan chidab bo‘lmas darajada aziyat chekardi. Belgilangan dorilar yordam bermay qo‘ygan edi. Shifokor unga chakkasidagi medial jism ulushini olib tashlash orqali eksperimental jarrohlik amaliyoti o‘tkazishni taklif qildi. Natijada bemor xotirasini yo‘qotdi, to‘g‘rirog‘i, u jarrohlik operatsiya stolida yotqizguniga qadar faqat o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqealarni eslab qoldi.

После операции человек потерял память, приобрел «вечную молодость» и помог сделать много научных открытий

Genri Molison ish izlab bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tib turgan o‘rtahol oilada ulg‘aydi. Shu sababli bo‘lsa kerak, bolaning do‘stlari yo‘q edi. U 7 yoshligida velosipedda yolg‘iz sayr qila turib, baxtsiz hodisaga duch keldi. Yonida hech kim bo‘lmagan bola tasodifiy o‘tkinchilar tomonidan topilmaguncha, bir necha daqiqa hushsiz yotdi. Shundan so‘ng u hech narsa bo‘lmagandek turib sayrini davom ettirdi. Mustaxassislarning ta’kidlashicha, jarohat oqibati bejiz bo‘lmadi: uch yil o‘tgach, bolada epilepsiya tutilishi kasalligi boshlandi. Bundan tashqari, kasallikning rivojlanishi kundan-kunga kuchayib borar edi. 15 yoshga kelib, tutilishlar kuchayib uning hayotini juda qiyinlashtirdi.

Genri Undervud yozuv mashinkalari yig‘adigan zavodga ishga kirdi, biroq tez orada o‘z ishini tashlab ketishga majbur bo‘ldi, chunki xuruj tez-tez sodir bo‘lib, ahvoli og‘irlashdi va endi yigit normal hayot kechira olmasdi. Dorilar vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatardi, keyin esa umuman ta’sir qilmay qo‘ydi. Bunday yashashdan charchagan, operatsiya stoliga yotishdan boshqa iloji qolmagan Genri 27 yoshga to‘lganida neyroxirurg bu operatsiya qanday oqibatlarga olib kelishini bilmasligidan ogohlantirgan bo‘lsa-da, Uilyam Skovill taklifini qabul qildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, tutilishlar tamoman to‘xtamadi, lekin nazorat ostiga olinib, kamaydi.

Genrining xotirasi deyarli “to‘xtab qoldi”, uning miyasi uzoq muddatli xotiralarni yaratish qobiliyatini yo‘qotdi.

Yillar o‘tdi, yigit esa avvalgidek o‘zi 27 yoshda ekanligiga ishonib yashardi. U biror narsani o‘qishi yoki biron kishi bilan muloqot qilishi mumkin edi, lekin tom ma’noda bir necha daqiqadan so‘ng bularning barchasini unutar yoki rad etar edi.

Shu bilan birga Genrining aql-zakovatiga shikast yetkazilmadi, testlar undagi yuqori darajadagi IQ (idrok)ni ko‘rsatar, mantiq va mavhum fikrlashi esa normal holatda bo‘lardi. Bir muncha vaqtga bo‘lsa-da, u raqamlar va boshqa ma’lumotlarni yodlashga qodir edi. Bu hodisaga qiziqib qolgan nevrolog Brenda Milner Genri Molisonning miyasini o‘ttiz yil davomida o‘rganib, ko‘plab muhim ilmiy kashfiyotlar qildi.

Genri bu kasallikka o‘z nomini berib G.M. bemori sifatida tarixga kirdi. U qariyotganini tushunmasdi, 27 yoshda ekanligiga, ko‘zguga qaraganida o‘zini emas begona keksa erkakni ko‘rayotganiga amin edi. Shu tarzda u yana 55 yil yashadi va 2008 yilda AQShning Konnektikut shtati Vinzdor Loks shahridagi qariyalar uyida o‘zining "yerdagi sayohat"ini yakunladi. U butun umri davomida izlanuvchan, aqlli va xushmomala inson bo‘lib qoldi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.