“Oq tulpor”ni kim yaratgan?

Qadimgi Angliyaning Oksfordshir grafligida Uffington tepaligi bor. Necha asrdirki, bu yerdagi sirli, ulkan “Oq tulpor” tasviri odamlarni hayratlantirib keladi.

Rasm chizig‘i chuqur qazilgan transheyadan iborat bo‘lib, maydalangan bo‘r bilan to‘ldirilgan. Geoglif uzunligi 110 metrga yetadi. Ot tasvirini eslatadigan rasm bronza davrida uchraydigan tangalarga o‘xshaydi. Arxeologlar bu figura yonida qabristonni ham aniqlashgan, u neolit davriga oid, deb taxmin qilinmoqda.

Olimlar “Oq tulpor” yaratilishi haqida bir fikrga kela olishgani yo‘q. Biri u juda yaxshi saqlangani bronza davriga taalluqli ekaniga bog‘liqligiga shubha bildirsa, boshqalari uning yaxshi saqlanishi mahalliy aholining e’tiboridan, deb biladi. Chunki har yetti yilda bu yerda mahalliy yarmarka bo‘lib o‘tadi. Uning arafasida “Oq tulpor”ning tasvir chiziqlari o‘t-o‘lanlardan tozalanib turiladi.

Yer yuzida turgan-bitgani jumboq bunday obidalar, rasmlar ko‘p. Ular kattaligi va aniq o‘lchamlari, shakl-shamoyillari bilan kishini hayratga soladi. Hech qanday qurilish texnikasiga ega bo‘lmagan ajdodlar ular qanday barpo etishgan ekan?

T.Shomurodov tayyorladi.